Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“AHOLI MUROJAATLARINI O'RGANISh XO'JAKO'RSINGA EMAS”

×

 2021-02-27 10:50:18    86

PDF yuklash
Chop etish


“AHOLI MUROJAATLARINI O'RGANISh XO'JAKO'RSINGA EMAS”

         Bugun Lenbur mahalla fuqarolar yig'inida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning mahalla aholisi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida mahalla ahlini qiynayotgan muammo va kamchiliklar o'rganildi. Aholi murojaatlarini o'rganish, fuqarolar muammo-kamchiliklarini aniqlab, ularni yechish choralarini ko'rishda tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlarning ahamiyati katta.

         Uchrashuvda asosan mahalla fuqarolari gaz ta'minotidagi vujudga kelayotgan muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bandligi, ish joyi bilan ta'minlash, mahallaning obodligi, mahallada talabotdan kelib chiqib, tibbiyot xodimlarining tungi navbatchiligini tashkil etish, mahallada yangi zamonaviy ko'p qavatli uy-joylar bunyod etish, moddiy kumak ko'rsatish kabi masalalar bo'yicha  murojaat etishdi. Tushgan 8 ta murojaatdan bittasi ijobiy hal etilib, 6 tasiga tushuntirish berildi va 1 ta masala tegishliligi bo'yicha mas'ullar, xususan, hududdagi sektor boshqaruv ofisi rahbariyatiga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

         Mahallada tuman hokimi tashabbusi va tavsiyasiga asosan tikuvchilik va asalarichilik o'quv markazi tashkil etiladi. Shuningdek, yangi davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan mahalla xizmat uyining ikkinchi qavatida tadbirkorlar uchun maskan va binoning yonida maktabgacha ta'lim tashkiloti quriladi. Uchrashuvda tuman hokimi yaylovlardan foydalanish va bu bo'yicha qo'shni davlat fuqarolari bilan mustahkam do'stlik va hamkorlik aloqalarini o'rnatish davr talabi ekanligini ta'kidladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati