Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Obodonlashtirish ishlarida deputatlar ishtiroki

×

 2020-07-07 19:57:15    85

PDF yuklash
Chop etish


Obodonlashtirish ishlarida deputatlar ishtiroki

         Tumanimiz uzra amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarida Xalq deputatlari Sux tumani Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etmoqda. -"Bugun Prezidentimiz e'tibori tufayli Suximizda asrga tatigulik ishlar amalga oshirilayotir. E'tiborga javoban biz ham tashabbuskor bo'lishimiz, barcha ishlarda bevosita ishtirokchi bo'lishimiz lozim, Mahallamizda bugun ish qizg'in - yo'llar ta'mirlanmoqda, ichimlik suvi muammosini bartraf etish uchun ishlar boshlab oborildi",- deydi deputat Amirjon Safarov.

         Bugun Yangiariq mahallasidagi "Obida" ko'chasini betonli qoplama bilan qoplash ishlari davom ettirilmoqda. Betonli qoplama yotqizish ishlari mahallaning boshqa ko'chalarida ham amalga oshiriladi. Shuningdek, koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish, tomorqachilikni rivojlantirish bo'yicha ham mahallada targ'ibot-tashviqot ishlari olib borliyapti. Ijtimoiy ko'makka mo'htoj oilalarga yordam berish, moddiy va ma'naviy ko'mak ko'rsatish ishlari ham jadallik bilan olib borilayotir.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati