Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Imkoniyati cheklangan yoshlar holidan xabar olindi

×

 2020-07-03 18:17:45    91

PDF yuklash
Chop etish


Imkoniyati cheklangan yoshlar holidan xabar olindi

         O'zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Sux tumani Kengashi tashabbusi bilan “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati doirasida ko'p ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, mamlakatimizda 30 iyunь “Yoshlar kuni” munosabati bilan Kengash tomonidan aktsiyalar tashkil etilib, aktsiyalar doirasida kam ta'minlangan, ijtimoiy ko'makka mo'htoj oilalar holidan xabar olindi.

         Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi raisi Isojon Mastonovning ma'lumotiga ko'ra Kengash tarkibida “Fidokor yoshlar”, “Madad guruh”lari ham tashkil etilgan. Bunday guruhlarni tashkil etilishidan asosiy maqsad hududlardagi ijtimoiy ko'makka mo'htoj oilalar holidan xabar olish va ularning uy yumushlarida yaqindan yordam berishdan iborat.

         Bugun Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tibor tufayli imkoniyati cheklangan yoshlar ham o'zlarini hech kimdan kam emasliklarini qalban his qilishmoqda. Zero insonga naf keltirish oliy baxt ekanini bugungi yoshlarimiz teran anglab, faoliyat yuritishayotir.

         Bayram doirasida tuman Kengashi tomonidan hududlardagi 20 nafar imkoniyati cheklangan yoshlar holidan xabar olindi. Ularga bayram tabrigi sifatida samimiy tilaklar bildirildi. –“Biz Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi tomonidan barcha 20 nafar yoshlarimizga bayram sovg'alari tashkil etdik. Ushbu sovg'alarni yoshlarimizga tantanali ravishda topshirdik. Barcha imkoniyati cheklangan yoshlarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi”, deydi Isojon Mastonov.

         Ha, chin dildan, samimiyat ila bayon etilgan dil izhorlari har bir insonga kuch-quvvat va g'ayrat bag'ishlaydi. Bayram sovg'alarini yoshlarimiz cheksiz minnatdorchilik bilan qabul qilib olishdi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati