Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olindi

×

 2020-05-25 11:05:05    86

PDF yuklash
Chop etish


Kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olindi

         Tumanimizda “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida muqaddas Ramazon oyi kunlari va Hayit arafasida kam taʼminlangan oilalarning holidan xabar olinishida va ularga amaliy ko’mak ko’rsatilishida saxovatpesha hamyurtlarimiz salmoqli hissa qo’shishdi. Аyni ro’zai Ramazon kunlarida qilingan xayrli amallarning savobi ham katta bo’ladi.

         Sarikanda mahalla fuqarolar yigʼini raisi Bahodirjon Safoev ham mahallaning kam taʼminlangan, ijtimoiy ko’makka mo’htoj oilalarga tashrif buyurib, mahalladolarini hayit bilan tabriklab, ularga sovgʼa-salom ulashdi. Mahalla raisi tomonidan ehtiyojmand oilalarga oilalarga bir million to’rt yuz ming so’mlik go’sht va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

         Shuningdek, mahalla raisi tomonidan Qalʼa mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi ehtiyojman oilalarga ham ehsonlar tarqatildi. Bu oilalarga 230 000 so’mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

                  Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati