Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RESPUBLIKAMIZDA BO’LIB O’TGAN MUHIM SIYOSIY JARAYON - REFERENDUMDA FAOL QATNASHGAN BARCHA UCHASTKALAR A'ZOLARIGA MINNATDORCHILIK IZHOR ETILDI

×

 2023-05-17 09:43:32    59

PDF yuklash
Chop etish


Respublikamizda bo’lib o’tgan muhim siyosiy jarayon - referendumda faol qatnashgan barcha uchastkalar a'zolariga minnatdorchilik izhor etildi

Tumanning “Sohil” dam olish maskanida Respublikamizda aprel oyining oxirida o’tkazilgan eng muhim siyosiy jarayon – O’zbekiston Respublikasi Referendumini uyushqoqlik bilan o’tkazilganligi munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon To’raboyevlar ishtirok etdilar.

Tadbirda qatnashgan barcha tumandagi referendum o’tkazish uchastkalari a'zolariga mazkur muhim siyosiy jarayonda faol qatnashganliklari, tashkiliy ishlarni yuqori darajada yo’lga qo’yganliklari, O’zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko’rish va uni milliy referendum qonunchiligi hamda umume'tirof etilgan demokratik tamoyillarga mos, yuksak uyushqoqlik ruhida o’tkazish ishiga munosib hissalarini qo’shganliklari uchun tuman hokimi o’z so’zi davomida minnatdorchilik bildirdi. Tuman sektorlari rahbarlari ham o’z fikrlarini izhor etdilar.

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan mazkur tadbir kuy-qo’shiq va xursandchiliklar bilan yanada fayzli va chiroyli o’tdi. Tadbir davomida barcha Referendum o’tkazuvchi uchastkalar a'zolariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram