Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANI HOKIMINING TABRIGI

×

 2023-05-16 20:41:46    62

PDF yuklash
Chop etish


SO’X TUMANI HOKIMINING TABRIGI

Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar!

Hurmatli opa-singillar, “Onalarga ehtirom festivali” ishtirokchilari!

Avvalo, siz azizlarni bu kun bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Onalarni qadirlash, ularni ulug’lash hamda “Jannat onalar oyog’i ostida”degan tuyg’ularni usib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish, mahallalardagi xotin-qizlarni umumiy insoniy va milliy, oilaviy qadiriyatlar yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini g’oyaviy tahdidlardan himoya qilish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, har tamonlama barkamol iqtidorli qizlarni aniqlash, rag’batlantirish va munosib taqdirlash, ayniqsa yosh avlod urtasida eng muqqaddas zot hisoblangan onalarga ehtirom degan g’oyalarni singdirish maqsadida “Onalarga ehtirom festivali” tashkil etildi.

Shuningdek mahalllalarda istiqomat qilayotgan yosh kelin ayollarni, qizlarni, yigitlarni umumiyinsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik ruhida yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini g’oyaviy tahdidlardan himoya qilish, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, har tomonlama barkamol iqtidorli yoshlarni aniqlash va munosib taqdirlash hamda vatanga muhabbat tuyg’ularini kuchaytirish, yoshlarni mahalla fa'oliyatidagi ishtirokini kengaytirishga erishish bu boradagi tajribalarini keng ommalashtirishdan iborat.

Yoshlarni tarbiyasida Siz kabi mu'tabar, oqila ayollari ishtirokida turli ma'naviy ma'rifiy tadbirlar o’tkazilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarni shuningdek nogironligi bor hamda kamta'minlangan oilalar holidan xabar olinmoqda.

 Yoshi ulug’ onaxonlarni e'zozlash maqsadida mahalladagi yoshlar bilan uch avlod uchrashuvlar kabi turli tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. 

Fursatdan foydalnib barchangizni yana bir bor chin qalbimdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

        Sayidbahrom Sayidmusayev – So’x tumani hokimi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram