Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI KONSTITUTSIYA. 10 TA ASOSIY O’ZGARISH

×

 2023-05-15 18:15:21    137

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Konstitutsiya. 10 ta asosiy o’zgarish

6-o’zgarish. O’qituvchilar alohida e'tirofda

Konstitutsiyaga o’qituvchilar haqida yangi modda qo’shildi. U ikki banddan iborat:

O’zbekiston Respublikasida o’qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog’lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etiladi.

Davlat o’qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o’sishi to’g’risida g’amxo’rlik qiladi.

Shu tariqa, ustozlar huquq sohasi vakili bo’lmagan, lekin oliy qonunda alohida tilga olingan yagona kasb egalariga aylandi. Konstitutsiyada nomi keltirilgan o’qituvchilardan boshqa kasb egalarining barchasi – huquq sohasi vakillari (sudyalar, prokurorlar va advokatlar). Boshqa holatlarda kasb egalari emas, sohalar haqida gap ketgan (masalan, ommaviy axborot vositalari, turli jamoat birlashmalari).

F. Boboyev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram