Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAHRAMONLAR NOMI BARHAYOT

×

 2023-05-08 16:24:08    94

PDF yuklash
Chop etish


Qahramonlar nomi barhayot


So’x tumani Lenbur qishlog’idagi 18-umumta'lim maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlab "Qahramonlar nomi barhayot" mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda sarhadlarimizni himoya qilishda jonini fido qilgan Xayriddin Xolboyev xotirasi yod etildi.


Tadbirda uning ota-onasi, mahalla faollari, ichki ishlar xodimlari maktab jamoasi va o’quvchilar ishtirok etdilar. Tadbirda so’z olgan tuman hokimi har bir inson shunday qahramon farzandlari borligidan faxrlanishi lozimligini alohida ta'kidladi.  

 

Katta serjant Xayriddin Xolboyev 2000 yili Surxondaryoning Sariosiyo va Uzun tumanlarida xalqaro terrorchilarga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etib, qahramonlarcha halok bo’lgan. U ta'lim olgan So’x tumanidagi 18-sonli umumta'lim maktabida uning byusti o’rnatilgan. Maktab ichida esa qahramon yigitga bag’ishlangan ixchamgina muzey tashkil qilingan.


Tadbirda so’z olganlar Vatan himoyasi yo’lida jonini baxsh etgan mard o’g’lonlarning mustaqilligimizni mustahkamlashda xizmati katta ekanligini ta'kidladi. Tadbirda Xayriddin Xolboyevning mardligi, vatanparvarligi xususida so’z yuritildi.


Maktabda tashkil etilgan “Sarhad” nomli “Vatan tayanchi” otryadi a'zolari viloyat bosqichida o’tkazilgan “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqalarida ishtirok etib, faxrili o’rinni egallagani uchun otryad a'zolariga mazkur musobaqaning 3-darajali diplomi taqdim etildi. Mazkur otryad a'zolari ijrosida turli harbiy mashqlar namoiysh etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram