Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUQADDAS QADAMJOLARNI OBOD VA OZODA TUTISH SAVOBLI AMALLARDANDIR

×

 2023-05-01 18:13:37    63

PDF yuklash
Chop etish


Muqaddas qadamjolarni obod va ozoda tutish savobli amallardandir

Aytish lozimki, So’x tumani hududlarida olib borilgan va amalga oshirilayotgan obodonlashtrish ishlarida ushbu soha vakillari – tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining hissalari beqiyos. Ayniqsa, tuman mahallalardagi qabristonlarni obod etishda ushbu soha vakillari astoydil harakat qilishadi.

Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida ushbu yo’nalishda soha vakillari tomonidan arzirli ishlar amalga oshirildi. Tuman hokimi ishtirokida bo’lib o’tgan uchrashuv ham ayni ushbu masalaga bag’ishlandi va tadbirda aynan tuman mahallalarida faoliyat olib borayotgan tuman obodonlashtirish idorasi ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Qabristonlar nazorati bo’limi ishchi-xodimlari bilan uchrashuv chog’ida tuman hokimi mahallalarda qabristonlarni obodonchiligida hissa qo’shgan soha vakillariga o’z minnatdorchiligini bildirdi. Qal'acha mahallasi qabristonidagi barpo etilgan uzunligi 400 metr bo’lgan yangi devor, ta'mirlangan shiypon, o’rnatilgan yangi darvoza va ta'mirdan chiqarilgan mazkur hududdagi xonadonlarning barchasida soha vakillarining ulushi bor.

Hududlardagi qabristonlarni obod etish va tozaligini saqlash boshqarma xodimlaridan 64 nafariga biriktirilgan. Tuman hokimi ishchi- xodimlarning fidokorona mehnatlariga, o’tganlar oromgohini obodonlashtirish ishlariga baho berib, ularni halol, yaxshi va xolisona ishlashlariga omad tiladi.

Kelayotgan Xotira va qadrlash kunigacha barcha qabristonlarda ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta'kidladi. Tadbir davomida Qal'acha qabristoni nazoratchisi X. Teshayev va ishchi O. Shamsiddinovlarga obodonlashtirish idorasining faxriy yorliqlari va sovg’alari taqdim etilib, tadbir oxirida o’tganlar ro’higa Qur'on oyatlaridan tilovat qilindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram