Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOB ISHNI HAR KIM, HAR KUNI QILISHI KERAK

×

 2023-03-17 18:16:24    59

PDF yuklash
Chop etish


Savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak

Tumanimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarida yurtdoshlarimiz ham bevosita o’z hissalarini qo’shgan holda ishtirok etmoqdalar. Bugun islohotlar samarasidan bahramand bo’lgan So’xliklar berilayotgan e'tiborga o’zlari tashabbus ko’rsatib, “labbay” deb javob berishmoqda.

Ayni kunda Mulgon mahalla fuqarolar yig’inida Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mahallaning ichki ko’chalari fuqarolarning tashabbusi bilan kengaytirilmoqda. Bu xayrli va savob ishga birinchilardan bo’lib, mahallada yashovchi Azizjon Kamoliddinov qo’l o’rdi.

Azizjonning aytishicha, haqiqatan ham ko’chaning ahvoli juda ayanchli edi. - Endi zamonaviy ko’rinish olayotgan ko’chalarimiz ham kengaytirilishi, piyodalar va harakatlanadigan texnika vositalariga sharoit yaratib berish lozim. Biz ham o’z xohishimiz bilan yashaydigan uyimiz hisobidan ko’chaga 1 metrdan ortiqroq hududni berdik,- deydi o’z so’zlari davomida Azizjon.

Darhaqiqat, xalqimizda yo’l qurgan ko’prik solgan, insonlar og’irini yengil qilgan va Azizjon kabi o’z hisobidan ko’cha hisobiga yer maydoni bergan insonlarni saxovatli, savob ishga qo’l urgan insonlar deb atashgan. Savob ishni amalga oshirgan insoninng mukofoti ham o’zgachaligini hammamiz yaxshi bilamiz. Zotan, savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram