Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAL'ACHA MAHALLASIDA BAYRAM SHODIYONASI

×

 2023-03-09 18:44:32    61

PDF yuklash
Chop etish



Qal'acha mahallasida bayram shodiyonasi

Yurtimizda bahor nafasi. Kirib kelgan ko’klamoy barchaning ro’hiyatiga o’zgacha ro’hiyat bag’ishlayotir. Insonlar qalbi ham bahor gullaridek ochilishga moyil. Mehnat va ish pallasi bo’lgan bahoroyni onalarimiz o’zgacha kayfiyat va mehr ila kutib olishadi.


Bahorga peshvoz chiqayotgan So’xliklar bu chiroyli faslni ota-bobolarimizdan meros bo’lib kelayotgan an'ana va udumlar bilan kutib olishmoqda. Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan bayram tadbiri mahalla ayollari kayfiyatiga ko’tarinkilik bag’ishladi.


Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli Sayramxon Turg’unalivaning so’zlariga ko’ra, bayram tadbirida ishtirok etgan faol ayol, buvijon va xotin-qizlarga mahallaning qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi. Uyushtirilgan bayram ziyofatidan bahramand bo’lgan onaxonlar tashkilotchilarga o’zlarining minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram