Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKOR MAHALLASIDAGI ICHKI KO’CHALAR ASFALTLASHTIRISHGA TAYYORLANMOQDA

×

 2023-03-09 18:42:16    68

PDF yuklash
Chop etish


Sohibkor mahallasidagi ichki ko’chalar asfaltlashtirishga tayyorlanmoqda

Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida So’x tumani miqyosida ham keng ko’lamli qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur qaror asosida ayni kunda tumanning barcha mahallalarida obodonlashtirish ishlari bir maromda olib borilmoqda.

Qarorga muvofiq, tumanning Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inining ichki ko’chalarida asfallashtirish ishlarini amalga oshirish rejaga kiritilgan. Mahalladagi “Mehrubon”, “Sabohat”, “Sohibkor”, “Nurafshon”, “Porloq” va “Obod” ko’chalarini to’liq asfaltlashtirish lozimligi olib borilayotgan amaliy ishlarda o’z isbotini topmoqda.

Ayni kunda mazkur ko’chalarni asfaltlashtirishga tayyorlash ishlari olib borilyapti. Mazkur ko’chalarga shag’al yotqizish ishlari jadallik bilan amalga oshirilayotir.

Shuningdek, ichimlik suvi tarmog’i tortish ishlari ham mazkur ishlar bilan hamohang tarzda amalga oshirilyapti. Qarorga muvofiq, Sohibkor mahallasidagi ichki ko’chalarni asfaltlashtirilishiga 1 milliard 554 million 700 ming so’m mablag’ yo’naltirilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram