Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2022 YILDA HAYOT YO’LIDA ADASHGAN 10 NAFAR FUQAROLARGA MODDIY YORDAM KO’RSATILGAN

×

 2023-03-03 15:20:14    65

PDF yuklash
Chop etish


2022 yilda hayot yo’lida adashgan 10 nafar fuqarolarga moddiy yordam ko’rsatilgan

Respublikamizda inson qadrini ulug’lashga qaratilgan ishlar jarayonida hayotda adashgan, jazo muddatini o’tab qaytgan fuqarolarni qo’llab-quvvatlashga ham alohida e'tiborr qaratilmoqda. So’x tumani hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi boshlig’i Nishonali Ibrohimovning so’zlariga ko’ra, ushbu fuqarolarga amaliy yordam berishga qaratilgan ishlar bevosita “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida amalga oshiriladi.

Bizga berilgan ma'lumotlarga ko’ra, o’tgan 2022 yili tumandagi 10 nafar jazo muddatini o’tab qaytgan fuqarolarga 12 540 ming so’m miqdorida moddiy yordam ko’rsatilgan.

So’x tumani Sebzor mahallasida yashovchi fuqaro Ilhomjon Mamanaimov ham unga berilgan muddatdan 1 yil 3 oy 18 kun oldin O’zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan shartli ozod etilgan. Jazo muddatini o’tab qaytganligi sababli tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markaziga moddiy yordam surab murojaat etgan.

Murojaat yuzasidan jazo muddatini o’tab qaytgan fuqaroning sharoiti har tomonlama o’rganildi hamda tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida suhbat o’tkazildi. Fuqaroga eng kam oylik ish haqining

4,5 barobari ya'ni 1 350 000 so’m miqdorda bir martalik moddiy yordam puli berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram