Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YUZAGA KELGAN FAVQULODDA HOLAT O’Z VAQTIDA BARTARAF ETILDI

×

 2023-01-13 15:20:10    54

PDF yuklash
Chop etish


Yuzaga kelgan favqulodda holat o’z vaqtida bartaraf etildi

        Qish mavsumida tabiiyki, har birimiz issiqlik manbaiga ko’proq ehtiyoj sezamiz, ayniqsa, anomal sovuq va qishning chillasi hukm so’rayotgan pallada. Fuqarolarimizga issiqlik manbai yetkazib berishga mutasaddi bo’lgan soha vakillari ayni kunlarda qat'iy intizom va mas'uliyat bilan ishlamoqdalar.

        Bunga So’x tumani gazlashtirish idorasi ishchi xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar ayniqsa, namuna va ibrat bo’la oladi. Tabiiy gazdan foydalanayotgan hududlar aholisiga tabiiy gaz va “gazsiz” hududlarga o’z vaqtida suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berishda xizmat qilayotgan soha vakillari favqulodda vaziyatlarda ham astoydil fa'oliyat olib borishmoqda.

        Tuman gazlashtirish idorasi bosh muhandisi Burhonjon Mirzoboyevning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, kecha kech soat 20-10 larda Lenburg-Tul magistralining Tul nasos stantsiyasi hududidagi gaz quvurida shikastlanish yuzaga kelgan va mazkur avariya tufayli 1-sektor hududidagi Devayron, Tul, Sohibkor, Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini va G’aznov mahallasining bir qismiga tabiiy gaz yetkazib berish to’xtab qolgan. Qilingan sa'y-harakatlar va safarbar etilgan tezkor ta'mirlash guruhi orqali yuzaga kelgan muammo bartaraf etilib, soat 21-00 lardan boshlab ushbu mahalallarga tabiiy gaz yetkazib berish yana yo’lga qo’yildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram