Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AYOLGA ZO’RAVONLIK – KELAJAKKA ZO’RAVONLIKDIR!

×

 2022-11-28 17:53:16    72

PDF yuklash
Chop etish


Ayolga zo’ravonlik – kelajakka zo’ravonlikdir!

Ayollarga nisbatan zo’ravonlik jinsiy va jinsga asoslangan zo’ravonlikda ifodalanadigan, asosan, xotin-qizlarga nisbatan qilinadigan zo’ravonlik harakatlaridir. Ushbu turdagi jinoyatlar, asosan xotin-qizlarga, ularning jinsi uchun sodir etilib, ushbu holat turli shakllarda namoyon bo’ladi.

Ayollarga nisbatan zo’ravonlik holatlari juda uzoq tarixga ega. Bunday zo’ravonlik hodisalari va ularning intensivligi vaqt o’tishi bilan o’zgarib, hozirgi kunda ham jamiyatlar orasida farqlanadi. Ushbu holatlarga, ko’pincha, jamiyatda yoki shaxslararo munosabatlarda ayollarni bo’ysundirish mexanizmi, ya'ni, jamiyatda shakllangan “Ayollar erkaklardan bir pog’ona past bo’lishi kerak” degan noto’g’ri tushuncha omil bolib xizmat qilmoqda.

Afsuski, O’zbekiston ham bundan mustasno emas. Bizning mamlakatimizda maishiy yoki “oilaviy zo’ravonlik”ka ko’pincha bir oila muammosi sifatida qaralgan. Odamlar bunday muammolarni uydan tashqariga olib chiqmaslikka harakat qilishadi. Aksariyat holatlarda zo’ravonlik qurboni sharmandlik va turli gap-so’zlardan qo’rqib, jim yurishga majbur bo’ladi. Zo’ravonlik qurboni bo’lgan ayol har tomonlama qiyin holatda qoladi. Oxir-oqibat bu doimiy qo’rquv, depressiya, o’z joniga qasd qilish kabilar bilan tugaydi.

Shu sababli, zo’ravonlikka qarshi yolg’iz kurashib bo’lmaydi. Qo’rqib yashovchi, ruhiy jihatdan ezilgan zo’ravonlik qurboni aniq va "shafqatsiz" qarorlar qabul qilish holatida bo’lmaydi. Bu yerda nafaqat yaqinlarning, balki davlat tomonidan ham qo’llab-quvvatlash kerak bo’ladi. Zero zo’ravonlik, eng avvalo, shaxsga qarshi jinoyat, shaxsiy erkinlik huquqlarining buzilishidir.


Rasuljon Mominjonov - Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudining devonxona mudiri



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram