Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUDYALAR ISHTIROKIDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

×

 2022-11-17 09:47:48    64

PDF yuklash
Chop etish


Sudyalar ishtirokida muhim masalalar muhokama etildi

Farg’ona viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati hamda tumanlararo iqtisodiy sudlar sudyalari bilan sud tugatish boshqaruvchilari, Farg’ona viloyat davlat soliq organlari xodimlari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg’ona viloyat hududiy boshqarmasi vakillari ishtirokida Farg’ona viloyat sudi binosida videokonferetsaloqa rejimida O’zbekiston Respublikasi “To’lovga qobiliyatsizlik to’g’risida”gi qonuni mazmun-mohiyati, bankrotlikka doir ishlar tahlili, tugatish ishlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan seminar mashg’uloti o’tkazildi. Seminarni Farg’ona viloyat sudi raisi o’rinbosari A.Madaminov olib bordi.

Seminarda so’z olgan Farg’ona viloyat sudi sudyasi B.Mamadaliyev O’zbekiston Respublikasi “To’lovga qobiliyatsizlik to’g’risida”gi qonuni mazmun-mohiyati xususida tushintirish berib o’tdi. Bundan tashqari seminarda tugatish ishlari 1 yildan oshgan bankrotlikka doir ishlarni yakunlashga to’sqinlik qilayotgan muammolar sud boshqaruvchilari professional jamiyati Farg’ona viloyat hududiy bo’limi sud tugatish boshqaruvchilari bilan birga birma-bir muhokama qilindi. Seminar ishtirokchilari bankrotlikka doir ishlar yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga sudyalar tomonidan javob olishdi.

          So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram