Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

LENBUR MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL BO’LIB O’TDI

×

 2022-11-10 18:03:25    58

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sayidbahrom Sayidmusayev sektor mahalallarida olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirish, obodonchilik yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish, yechilishi muhim bo’lgan dolzarb muammolar va halqimiz oldidagi ko’ndalang bo’lgan muammolarni o’rganish maqsadida Tul, Sohibkor va Lenbur mahallalarida bo’lib, ushbu mahallaa fuqarolar yig’inlarida bevosita aholi bilan uchrashdi. Lenbur mahallasida bo’lib o’tgan navbatdagi uchrashuv va sayyor qabulda oldingi qabullarda bildirilgan muammolar va ularning yechimi tahlil etildi.

Mazkur sayyor qabulda mahalla fuqarolari, sektor iishchi guruhi a'zolari, korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Avvalgi sayyor qabulda bildirilgan murojaat – tibbiy jarrohlik amaliyotiga moddiy yordam so’ragan fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasidan order berilganligi va “Mahalla” xayriya jamoat fonidi hisobidan pul mablag’i berilishi yig’ilganlarga ma'lum qilindi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojatlar o’z yechimini topayotgani mahalla raisi tomonidan qayd etildi. Berilayotgan e'tibor uchun mahalla raisi o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Tuman hokimi sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolarga 2022 yil oxirigacha barcha mahallalarda davlatimiz rahbari e'tibori asosida olib boriladitgan obodonlashtirish ishlari xususida gapirdi va Lenbur mahalasi ham manzilli dasturga kiritilganligini qayd etdi. Tasdiqlangan reja va manzilli dasturga doir Lenbur hududida uzunligi 2,5 kilometr bo’lgan daryo qirg’og’ida mustahkamlash ishlari olib boriladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram