Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

CHORAK YAKUNLARIGA BAG’ISHLANGAN TADBIR BO’LIB O’TDI

×

 2022-11-04 17:13:01    62

PDF yuklash
Chop etish


Respublikamizning barcha ta'lim muassasalarida o’quv yilining ilk choragi ham yakunlanib, barcha o’quvchilar kuzgi ta'tilga chiqishdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Respublikamizning barcha ta'lim dargohlarida kuzgi ta'til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun davom etishi belgilangan. Mazkur sanaga bag’ishlab tumanimizning barcha maktablarida tadbirlar bo’lib o’tdi.

Bugun Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 5-sonli UO’T maktabida 2022-2023 o’quv yilining birinchi chorak natijalariga bag’ishlangan tadbir o’tkazilib, o’quv yili ilk choragini a'lo baholar bilan tugatgan o’quvchilar taqdirlanib, fan olimpiadalarida qatnashib, birinchilikni qo’lga kiritgan o’quvchilarga direktor stipendiyalari taqdim etildi. Mahalla ma'muriyati nomidan fuqarolar yig’ini raisi Subhonali Nishonov ham “Mahalla, maktab, oila” hamkorligini yanada mustahkamlashga ishonch bildirdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram