Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MOON XODIMLARIGA YANGI MA'MURIY BINO TANTANALI TARZDA TAQDIM ETILDI

×

 2022-10-24 17:58:28    122

PDF yuklash
Chop etish


Jamiyatda tinchilik va osoyishtalikni saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlashdek mas'uliyatli vazifa huquq-tartibot va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari zimmasiga yuklatilgan. Respublikamizda ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan islohotlar zamirida soha xodimlariga zaruriy va zamonaviy shart-sharoitlar yaratib berishga alohida e'tibor qaratilgan.

Bugun tumanimizning Qizilqiyoq mahallasida qurilgan Farg’ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi birinchi mintaqaviy hudud tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi ma'muriy binosining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Taqdimot marosimida Farg’ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Muhiddin Jo’rayev, tuman ichki ishlar bo’limi shaxsiy tarkibi, ichki ishlar sohasi faxriylari, tumanimiz faollari va nuroniy otaxonlar ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan Farg’ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i oxirgi yillarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda Vatanimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi mujassamligini ta'kidlab, berilayotgan barcha e'tibor soha xodimlarini yanada samaraliroq mehnat qilishga undashini ta'kidladi. Mehnat faxriysi Subhiddin-ota Sharofiddinov ham tinchlik va barqarorlikni saqlashda ichki ishlar hodimlari faoliyatini alohida ta'kidlab, soha xodimlari faoliyatiga butun nuroniylar nomidan zafarlar tiladi.

Tadbir davomida mazkur bino qurilishida mehnat qilgan quruvchilarga esdalik va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi. Shuningdek, tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlariga ham qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Ichki ishlar xodimlari kuni munosabati bilan uch nafar yosh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berildi va tantanali ravishda ushbu unvonlar o’z egalariga Farg’ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Madamin Jo’rayev tomonidan topshirildi.

Ma'muriy bino lentasi qirqilib, mehmonlar bu yerda xizmatchilarga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Otyardga biriktirilgan maxsus texnikalar va ularning ish faoliyati ham ko’zdan kechirildi. Safdagi xodimlarga yaratib berilgan sharoitlar, ayniqsa, sport majmuasi ham tadbir ishtirokchilari nigohidan chetda qolmadi.

Ta'kidlash lozim, jamoat tartibini saqlash va jamiyatda sog’lom muhitni ta'minlashda mazkur soha xodimlarining hissasi beqiyos. Barcha xodimlar bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida ushbu narsa alohida ta'kidlandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram