Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI "TASHABBUSLI BYUDJET" MABLAG’LARI HISOBIDAN TA'MIRLANDI

×

 2022-09-13 19:27:23    70

PDF yuklash
Chop etish


        Aytish lozimki, tumanimizda va So’xning barcha hududlarida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilib, bunday ishlar xalqimizning chinikam xursandchiligiga sabab bo’layotir. Davlat dasturlari va maxsus loyihalar qatorida “Tashabbusli byudjet” mablag’lari hisobidan ham amalga oshirilayotgan ishlar xalqimizning kayfiyatiga ko’tarinkilik bag’ishlayapti.

        Tumanimizning Lenbur mahallasida joylashgan 17-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ham ta'mirtalab bo’lgani bois, “openbudget.uz” platformasiga kiritilgan edi va ko’p ovoz to’plagani bois, mazkur tizim mablag’lari asosida muassasada ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Maktabgacha ta'lim dargohining fasad qismi, ichki isitish tizimi, xonalarning poli mazkur “Tashabbusli byudjet” mablag’lari asosida, ta'mirlanib, muassasa sahnining bir qismi betonlashtirildi.

        Mazkur ta'mirlash ishlari oxiriga yetkazilib, muassasada tadbir bo’lib o’tdi va tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi o’rinbosari Ilhom Abdumajidov, tuman maktabgacha ta'lim bo’lim mudiri Gulnoz Usmonova, muassasa xodimlari, mahalla mutasaddilari va faollari ishtirok etdilar. Tadbirda so’z olganlar eng avvalo “Inson qadri uchun” degan tamoyil har jabhada amalga oshirilayotgani, maktabgacha ta'lim muassasalar fa'oliyatiga berilayotgan e'tibor, hududlar obodonchiligi maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va “Tashabbusli byudjet” samarasi haqida gapirib, bunday e'tibor va islohotlar natijadorligi uchun davlatimiz rahbariga o’zlarining minnatdorligini bildirdilar.

        Muassasa xodimlari va tarbiyalanuvchilari ham o’z minnatdorchiliklarini samimiy so’zlar va ajoyib raqslar bilan ifoda etishdi. Muassasa binosi va xonalarini ko’zdan kechirgan tadbir ishtirokchilari tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar bilan ham so’hbatlashdi.

        Mazkur muassasa ta'mirlanishiga “Tashabbusli byudjet” hisobidan 260 million so’m mablag’ yo’naltirildi. Eslatib o’tamiz, ayni kunda Lenbur mahallasida davlat dasturi asosida yangi OShP qurilyapti.  

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram