Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OBISHIR MAHALLASIDA ICHKI KO’CHALAR BETONLASHTIRILMOQDA

×

 2022-09-08 14:43:47    70

PDF yuklash
Chop etish


        Aytish lozimki, so’nggi iki yil davomida tumanimiz hududida keng ko’lamli obodonlashtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari olib borildi. Tumanimiz uzra asrga tatigulik ishlar amalga oshirildi desak, aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

        Istiqlolimizning 31-yillik to’yi arafasida tumanimizning barcha hududlarida qurib foydalanishga topshirilgan yangi va zamonaviy inshootlar, ijtimoiy soha ob'ektlarining xalqimiz ixttiyoriga berilishi ezgu niyat boshlangan obodonchilik ishlari samarasidir. Quvonarlisi, tumanimiz hududida amalga oshirilayotgan bunday ishlar xayrli maqsadlar bilan boshlangan ishlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

        Ayni kunda tumanimizning So’x mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan "Obishir" ko’chasida betonlashtirish ishlari olib borilayotir. Jamoatchilik nazorati ostida amlga oshirilayotgan obodonchilik ishlariga sifat jihatdan alohida e'tibor berilayotir.

        Mazkur ko’chaning qariyb 1 kilometr masofasida betonlashtirish ishlari olib boriladi va bu maqsadga davlatimiz byudjetidan 450 million so’m mablag’ yo’naltirilgan. Betonlashtirish ishlariga "PFK To’ron " MChJ ishchi-xodimlari biriktirilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram