Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEKTORLAR RAHBARLARI KUMAKKA MUHTOJ FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLISHDI

×

 2021-10-22 14:17:56    61

PDF yuklash
Chop etish


     Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi ishchi guruh sektorlar rahbarlari bilan birgalikda tuman hududida yashovchi kam ta'minlangan, ijtimoiy kumakka muhtoj fuqarolar xonadonlariga tashrif buyuirb, ularning holidan xabar olishdi.

     Qaqir mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Marhabo Qodirova, Oftobru mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar va Sharqobod mahallasidagi ijtimoiy kumakka muhtoj oilalarga ham tashrif buyurgan vakillar tomonidan “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan 5 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

     Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning ma'lumotiga ko’ra, Qaqir mahallasidagi Marhabo Qodirovaga jamg’arma hisobidan qurib bitkazilmagan uyiga eshik va romlar yetkazib beriladi.

        Shuningdek, “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan G’aznov mahallasida yashovchi 10 nafar kam ta'minlangan fuqarolarga ham 5 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram