Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANI HOKIMLIGINING RASMIY BAYONOTI

×

 2021-09-16 18:41:56    149

PDF yuklash
Chop etish


        2021 yil, 16 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda So’x tumani Hazrati Ali mahallasining Hazrati Ali ziyoratgohida 8 sentyabr kuni tashkil etilgan hasharda “xum ichida tilla tangalarp topilgani” haqidagi xabarlar tarqaldi.

        Voqelikka oydinlik kiritish maqsadida bevosita Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’in raisi Suvhonali Nishonov bilan bog’landik va u “bu xabarlar yolg’on ekanligi va voqelikka to’g’ri kelmasligini” qayd etdi. Haqiqatdan ham, 2021 yil 8 sentyabr kuni mazkur ziyoratgohda mahalla raisi tashabbusi bilan obodonlashtirish hashari tashkil etilgan, lekin “xum ichida tilla” topilmagan. Tarqalgan xabarlardagi rasm ikki oy oldin ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo’lgan.

        Mahalla raisi “ijtimoiy tarmoqlar orqali bu xabarni eshitib, rosti hayron qoldim, – deya javob berdi. Shu yilning 8 sentyabr kuni mahallada hashar qilganmiz. Ammo hech qanday xumda tillo tangalar topilgani yo’q. Shunday yolg’on xabarlar tarqatayotganlar avvalo, ma'lumotni tekshirib so’ngra tarqatishi kerak emasmi? Odamlarni chalg’itishdan maqsad nima? So’xning o’zida qancha o’zgarishlar bo’lyapti, feyk xabarlardan ko’ra, shularni yoritsak, yaxshi bo’lar edi menimcha”. Bu masala yuzasidan mahalla raisi rasmiy saytlar vakillariga ham shu mazmunda javob qaytargan.

        2021 yil 16 sentyabr kuni “So’x tumanidan xum ichida tilla topilganligi” haqidagi xabarlar noto’g’ri, ya'ni feyk xabar ekanligi o’z isbotini topganligini ma'lum qilamiz.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram