Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XNING QAYROQ MASSIVIDA O’ZLASHTIRILAYOTGAN YERLARDA MALINA PLANTATSIYASI BARPO ETISH JARAYONLARI JADALLASHTIRILMOQDA

×

 2023-05-25 16:27:30    84

PDF yuklash
Chop etish


SO’XNING QAYROQ MASSIVIDA O’ZLAShTIRILAYoTGAN YERLARDA MALINA PLANTATsIYaSI BARPO ETISh JARAYoNLARI JADALLAShTIRILMOQDA

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga So’x tumanining Qayroq massivida bo’lib, hududda o’zlashtirilayotgan yerlarda malina plantatsiyasi barpo etish jarayonlari borishini ko’zdan kechirdi.

2022 yilda hududda ikki ko’tarmali “Qayroq” nasos stantsiyasi qurilib, 211 metr balandlikka obihayot chiqarildi. Natijada Qayroq massividagi 1440 gektardan ziyod yaylov yerlar o’zlashtirilib, foydalanishga kiritish imkoni yaratildi.

Hozirda o’zlashtirilayotgan maydonning dastlabki 200 gektarida malina plantatsiyasi uchun maydon hozirlash ishlari yakuniy bosqichga kirdi.

Viloyat hokimi mazkur hududda olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirdi. Hududni tomchilatib sug’orish tizimiga kiruvchi hovuzning qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash bo’yicha mas'ullarga vazifalar yukladi. Shuningdek, malina plantatsiyasi uchun ajratilgan maydonda haydov ishlarini jadal olib borish, malina qator oralariga kechki tarvuz urug’ini ekishga joy hozirlash yuzasidan ham ko’rsatmalar berildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram