Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

×

 2023-05-23 17:19:11    61

PDF yuklash
Chop etish


Dolzarb masalalar muhokama etildi

Bugun tuman madaniyat markazi majlislar zalida tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev raisligida mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, bandlikka ko’maklashish va mahallabay markazi, tijorat bank rahbarlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Tanqidiy ruhda bo’lib o’tgan mazkur yig’ilishda tuman mahalallarida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o’rinlari yaratish, kambag’allikni qisqartirish, aholi muammo va kamchiliklarini o’rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan ishlar holati tahlil etildi.

Yig’ilishda shuningdek, mahalliy byudjet tushumi, O’Zbekiston Respublikasi Prezidentining  16 fevral 2023 yildagi 57-sonli “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bo’yicha quyosh panellari o’rnatish, muammoli kreditlar undirish, yangi tadbirkorlik sub'ektlari tashkil etish hamda boshqa masalalar yuzasidan axborot berildi va berilgan ma'lumotlar asosida mazkur masalalar muhokama qilindi. Yig’ilish yakuni bilan tegishli mas'ullargi muddatli topshiriqlar va ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram