Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI KONSTITUTSIYA. 10 TA ASOSIY O’ZGARISH

×

 2023-05-20 16:52:10    81

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Konstitutsiya. 10 ta asosiy o’zgarish

10-o’zgarish. Mahalliy davlat hokimiyatidagi o’zgarishlar. Hokimlar kengash raisligidan ketadi

Mahalliy davlat boshqaruvida vakillik va ijro etuvchi organlar bir-biridan ajratilmoqda. Bu boradagi hozirgi tartib hokimiyatning bo’linish va hokimiyat bo’g’inlarining o’zaro tiyib turish printsipiga zid. Bosh qomusning yangi tahririga asosan, bunga barham berilib, mahalliy kengashlar saylanadigan vakillik organlari, hokimliklar esa ijro organlari deb belgilanmoqda.

Shunga muvofiq, quyidagi sanalardan boshlab, hokimlarning kengashlarda raislik qilishiga barham beriladi:

viloyatlarda va Toshkent shahrida 2024 yilgi deputatlik saylovlari yakunlari bo’yicha;

tuman va shaharlarda 2026 yil 1 yanvardan boshlab.

Mahalliy kengashlar raislari kengash deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi. Hokimlar esa 5 yil muddatga tayinlanadi, tayinlangan hokimni kengashlar tasdiqlaydi. Shu tariqa, kengash raislari ham, hokimlar ham to’g’ridan to’g’ri aholi tomonidan saylanmaydi.

Kengashlarning vakolatlariga, jumladan, quyidagilar kiradi:

mahalliy byudjetni ko’rib chiqish va qabul qilish, uning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini tasdiqlash;

hokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati to’g’risidagi hisobotlarni eshitish.

Hokimlarning vakolatlari esa, jumladan, quyidagilardan iborat bo’ladi:

Konstitutsiya va qonunlarni, parlament palatalarining qarorlarini, prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvchi hokimlarning va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini bajarish;

hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish.

Hokimlar va mahalliy kengashlarning faoliyatini tashkil etish tartibi bo’yicha alohida qonunlar qabul qilinadi. Mahalliy masalalar bo’yicha ularning vakolatlari qanday taqsimlanishi ana shu qonunlarda aks etadi.

Bunyodjon Enazarov - So’x tuman adliya bo’limi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram