Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-05-18 18:08:50    87

PDF yuklash
Chop etish


Fuqarolarga ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismi qaytariladi

 O’zbekiston fuqarolari (mahalliy turistlar) uchun “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika bo’ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish (“Keshbek”) tartibi joriy etilgan.

Sayohat xarajatlarini qaytarish maxsus elektron platforma, shu jumladan uning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

Platforma Davlat soliq qo’mitasining maxsus mobil ilovasi (soliq.uz) bilan integrasiya qilingan holda, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid cheki matrisali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko’rsatish orqali sayohatlar ro’yxatdan o’tkaziladi.

Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o’zida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi:

avia, temir yo’l va (yoki) avtomobil transportidan foydalanish;

joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish;

madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish.

Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so’mdan oshmagan miqdorda;

temir yo’lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so’mdan oshmagan miqdorda;

joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so’mdan oshmagan miqdorda;

teatr, muzey, tsirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so’mdan oshmagan miqdorda.

Sayohat xarajatlari faqatgina platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlar bank kartalariga qaytariladi.

Shoxrux Sobirov - Rishton tuman adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi bosh maslahatchisi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram