Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XODIMLAR UCHUN TURISTIK YO’LLANMALARNI SOTIB OLISH XARAJATLARI ULARNING DAROMADI SIFATIDA KO’RIB CHIQILMAYDI

×

 2023-05-16 20:32:21    63

PDF yuklash
Chop etish


Xodimlar uchun turistik yo’llanmalarni sotib olish xarajatlari ularning daromadi sifatida ko’rib chiqilmaydi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3514-sonli qaroriga binoan ichki turizm sohasida 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi tartib joriy etilgan:

ish beruvchining turizm sohasida faoliyat ko’rsatish bo’yicha litsenziyaga ega bo’lgan sub'ektlardan xodimlar va ularning oila a'zolari uchun respublika bo’ylab turistik yo’llanmalarni sotib olish xarajatlari xodimning daromadi sifatida ko’rib chiqilmaydi hamda yuridik shaxsdan olinadigan foyda solig’ini hisoblab chiqishda chegirib qolinishi lozim;

jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari O’zbekiston bo’ylab turistik yo’llanmalarni turizm sohasida faoliyat ko’rsatish bo’yicha lisenziyaga ega bo’lgan sub'ektlardan sotib olishga yo’naltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriladi;

Bunda turistik yo’llanma (ayirboshlanadigan vaucher), avia va temir yo’l chiptalari, avtotransport tashkilotlarining hisob-fakturalari (chiptalari) va joylashtirish vositalari cheklari tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.

Shoxrux Sobirov - Rishton tuman adliya bo’limi bnson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi bosh maslahatchisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram