Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA OSHPSIDAGI PATRONAJ HAMSHIRALAR MAHALLA NOMIDAN TAQDIRLANDI

×

 2023-05-12 12:16:06    74

PDF yuklash
Chop etish


Mahalla OShPsidagi patronaj hamshiralar mahalla nomidan taqdirlandi

Bugun, 12 may sanasi xalqaro xamshiralar kuni sifatida keng nishonlanadi. Hamshira haqida so’z ketar ekan, tibbiyotning turli sohalarida kunni tunga ulab ishlayotgan fidoyi, bilimdon, mohir, chaqqon, epchil, zukko, o’rta tibbiyot xodimlarining qiyofasi ko’z o’ngimizda jonlanadi.

Bugun Mulgon mahalla fuqarolar yig’ini mutasaddilari mahalladagi oilaviy shifokorlik punktida bo’lib, bu yerda faoliyat olib borayotgan soha vakillari bilan uchrashib, ularni kasb bayramlari bilan tabrikladilar. Aytish joyizki, mazkur tibbiyot muassasasida asosan ayollar va xotin-qizlar faoliyat olib boradilar.

Mazkur tibbiyot muassasasi o’tgan yili davlat dasturi asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan. Mazkur tibbiyot dargohi xodimlari 4-sektor hududidagi mahallalar aholisiga tibbiy xizmat ko’rsatishadi.

Uchrashuvda mazkur xizmat xodimlarining mashaqqatli va sharafli mehnatlari e'tirof etildi. Mazkur uchrashuvda mehnat va faoliyatda o’rnak bo’lgan bir guruh partonaj hamshiralariga faxriy yorliq va tashakkurnomalar taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram