Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VATAN FARZANDLARI XOTIRASIGA CHEKSIZ EHTIROM KO’RSATILDI

×

 2023-05-08 16:18:01    70

PDF yuklash
Chop etish


Vatan farzandlari xotirasiga cheksiz ehtirom ko’rsatildi

Xotira va qadr. Inson uchun eng arzirli bo’lgan qadriyatlardan. Bayramga bag’ishlangan tadbirlar viloyatmizning so’lim go’shasi – Sux tumanida ham uyushqoqlik bilan bo’lib o’tmoqda.

Tuman hokimligi, tumanda joylashgan harbiy qismlar askar-zobitlari, huquq-tartibot organlari vakillari ishtirokida hududlarda tashkil etilgan Xotira majmo’alari poyiga gullar qo’yib, o’tganlar xotirasi yana bir karra yod etilib, ularga nisbatan cheksiz ehtirom ko’rsatildi. Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inidagi Xotira majmuasi poyida ham o’tganlar xotirasi yana bir karra yodga olindi.

Shuni ham alohida aytish lozimki, Sux tumanidan ham minglab yurt o’g’lonlari buyuk Vatanimiz iqtisodiy salohiyatini yuksalishida, uning ravnaqi va taraqqiyoti uchun fidoiylik ko’rsatishgan. Hakimjon G’oyibnazarov ozod va obod Vatanning shunday mard va jasur farzandlaridan edi.

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida Sarikanda mahallla fuqarolar yig’inida Hakimjon G’oyibnazarov xotirasiga bag’ishlab tashkil etilgan majmua poyiga gullar qo’yilib, marhumning hayot yo’li yana bir karra yodga olindi va uning haqiga duolar qilindi. Tadbirda marhumning oila a'zolari nomidan berilgan e'tiborga minnatdorchilik izhor etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram