Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUSHYOR MAHALLASIDA XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR O’TKAZILDI

×

 2023-05-08 16:13:53    65

PDF yuklash
Chop etish


Hushyor mahallasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir o’tkazildi

Hushyor mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 13-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida 9-may Xotira va qadrlash kungiga bag’ishlab bo’lib o’tgan tadbirda tuman hokimi va tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar. Mehmonlarni maktab o’quvchilari guldastalar bilan kutib olishdi.

Mazkur ta'lim dargohida bir umr faoliyat olib borib, maktab direktori vazifasigacha ko’tarilgan Teshaboy Odilov ikkinchi jahon urushida nom qozongan So’x farzandi sifatida bugungi avlodlarning qalbida mangu qoladi. Chunki Teshaboy Odilov Leningrad shahri mudofaasida jonbozlik ko’rsatib, “Leningrad shahri qahramoni” unvonini olgan.

Maktabda qahramon xotirasiga qo’yilgan byust poyiga gullar qo’yildi va Teshaboy Odilovning xotirasi uchun sukut saqlandi. Tantanali tadbirda so’z olgan tuman hokimi Vatan qahramonlarining nomi va shijoati har doim qablarda mangu qolishini alohida ta'kidladi.

Shuningdek, mahallada barpo etilgan xotira majmuasida ham bugungi dorilomon kunlar uchun jonbozlik ko’rsatgan xalq farzandalari nomi tilga olindi. Mahalla ahli va mahalla beshligiga front orti mehnatkashlar holidan xabar olish yuzasidan amaliy ishlar qilinishi ko’rsatmasi berildi.   

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram