Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKORDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI BO’YICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

×

 2023-05-03 15:50:45    76

PDF yuklash
Chop etish


Sohibkorda xotin-qizlar faoli faoliyati bo’yicha amaliy seminar o’tkazildi


Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalarda faoliyati yo’lga qo’yilgan xotin-qizlar faoli tomonidan o’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va faoliyat natijalari sarhisob qilinmoqda. Hududlarda bu bo’yicha amaliy seminarlar o’tkazilmoqda.


Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazilgan amaliy seminar “Xotin- qizlarni bandligini ta'minlash va kasb-hunarga o’qitish” mavzusi ostida tashkil etildi. Mazkur tadbirda Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli Nilufar Tuhtamurodova tomonidan olib borilgan ishlar o’rganildi.


Tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarovaning ma'lumotiga ko’ra, mazkur tadbirda xotin-qizlar faoli tomonidan asosan 5 ta yo’nalishda olib borgan ishlari tahlil etildi. Xotin-qizlar balansini shakllantirish, bandligini ta'minlashga qaratilgan amaliy ishlar, jinoyatchilikni oldini olish, ta'ziq va zo’ravonlikni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, oilaviy ajrim va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo’yicha qilingan ishlarga tadbir ishtirokchilari tomonidan yuqori baho berildi.


Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli Nilufar Tuxtamurodova samarali faoliyati tufayli 1-sektor hududida eng yuqori 94.6 foiz bilan birinchi o’rinni egallagan. Tadbir davomida xotin-qizlar faoli tomonidan berilgan ko’mak tufayli bugun o’z faoliyatiga ega bo’lgan xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar - qo’l mehnati namunalarining ko’rgazmasi tashkil etildi.


Tadbirda mazkur mahalla hotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar namuna bo’lish lozimligi ta'kidlandi. Bunday seminarlar tumanimizning sektorlari kesimida o’tkaziladi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram