Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY KO’MAKKA MUHTOJ FUQAROLAR DOIMIY E'TIBORDA

×

 2023-03-24 15:17:47    76

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolar doimiy e'tiborda

Kam ta'minlangan oilalar, ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolarga yordam berish, ularni har doim moddiy qo’llab-quvvatlashga bo’lgan harakatlar bizning tumanimizda ham muntazam amalga oshirilib, ko’zga tashlanadi. Ushbu yo’nalishda saxovatpesha homiylarning hissasini ham alohida ta'kidlash lozim.

Navro’z bayrami hamda Ramazon oyining kirib kelishi munosabati bilan So’x mahalla fuqarolar yig’ini raisi Burhoniddin Burhoniddinov, tuman Kengashi deputati Rasuljon Mirsaidov va Xoja Abulqosim jome' masjidi imomi A. Abdunazarovlar boshchiligida homiylarni jalb etgan holda mazkur mahallaning “Hamkor” ko’chasida istiqomat qiluvchi fuqaro M. Nishonovaga uy tom qismini yopish uchun 30 dona shifer olib berildi.

Shuningdek, mahalladagi kam ta'minlangan oilalarga kirilib, fuqarolar bilan suhbatlashildi. Ularning muammolari o’rganildi va mahallada yashovchi fuqaro, “Temir daftar” ro’yixatiga kiritilgan Mamirjon Hasanovning xonadonida bo’lib, uy-joy qurish uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda homiylar ko’magida fuqaroga amaliy yordam ko’rsatiladigan bo’ldi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram