Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHILARI ISHTIROKIDA OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

×

 2023-03-17 18:00:25    64

PDF yuklash
Chop etish


Hokim yordamchilari ishtirokida ochiq muloqot bo’lib o’tdi

Mahallalarda faoliyati yo’lga qo’yilgan va bugungi kunda o’z faoliyatini olib borayotgan hokim yordamchilari zimmalariga katta mas'uliyat yuklatilgan. Prezidentimizning mahallalardagi vakili bugun o’z zimmalaridagi vazifalarni qay darajada bajarmoqda, mahalla “drayveri” asosida qaysi soha rivojlantirilmoqda, kambag’allikni qisartirish masalasiga hokim yordamchilarining munosabati qanday, aholi murojaatlarining ijrosi bo’yicha qilinayotgan ishlarning samarasi bormi? degan savollarga tuman hokimligida bo’lib o’tgan ochiq muloqotda javob izlandi.     

Tuman hokimligida “Tuman mahallalarida hokim yordamchilari tomonidan hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag’allikni qisqartirishga oid qilingan amaliy ishlar, hudud “drayveri”ni ishga tushirish va uning natijadorligi, aholi murojaatlari asosida amalga oshirilgan manzilli ishlar” mavzusida o’tkazilgan ochiq muloqotda barcha mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari, davlat soliq inspektsiyasi vakillari, tumanda faoliyat olib borayotgan banklar xodimlari ishtirok etdilar. Ochiq muloqot tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev raisligida o’tdi.

Ochiq muloqotni ochib bergan tuman hokimi birinchi o’rinbosari mahallalarda faoliyat olib borayotgan barcha hokim yordamchilari faoliyatini tahlil etib, ushbu yo’nalishda qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar borligini ta'kidladi. Biroq, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar ham borki, ularni isloh qilish va to’g’ri yo’lga solish hokim yordamchilari zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.

Ochiq muloqot davomida hokim yordamchilari bajarilgan ishlari haqida batafsil ma'lumotlar berdilar. Tadbir ishtirokchilari savollariga ham javoblar berildi va kelgusidagi ishlarni to’g’ri tashkil etish bo’yicha kerakli taklif va tavsiyalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram