Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUL MAHALLA FUQAROLAR YIG’INI ICHKI KO’CHALARIGA BETON QOPLAMASI YOTQIZILMOQDA

×

 2023-03-16 18:24:04    61

PDF yuklash
Chop etish


Tul mahalla fuqarolar yig’ini ichki ko’chalariga beton qoplamasi yotqizilmoqda

Ayni kunda tumanimiz miqyosida Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanning 1-sektori hududida ham qaror asosida eng chekka va ichki ko’chalarni ta'mirlash ishlari olib borilayotir.

Tul mahalla fuqarolar yig’inida ham bunday ishlarning olib borilishi jadallik kasb etgan. Mahallaning “Bog’iston”, “Surati”, “Temirchi” ko’chalarida 248 ta xonadonlar mavjud bo’lib, mazkur ko’chalarning jami o’zunligi 2 100 metrni tashkil etadi. Darhaqiqat, hozirgi kunda ichki yullarning ahvoli zamon talablariga javob bermaydi.

Berilayotgan e'tibor zamirida ushbu ko’chalarda ham betonlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ayni kunda “Temirchi” va “Yoshlik” ko’chalarida beton yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

Mazkur ishlarga davlatimiz tomonidan 1 milliard 311 million 900 ming so’m mablag’ yo’naltirilgan. Berilayotgan e'tibor va amalga oshirilayotgan ishlardan fuqarolarimiz o’z xursandchiligini samimiy minnatdorchilik so’zlari orqali izhor etishmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram