Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAZRATI ALI MAHALLASIDA MAHALLA ARIG’INI TOZALASH MAQSADIDA HASHAR TASHKIL ETILDI

×

 2023-03-11 16:34:53    62

PDF yuklash
Chop etish


Hazrati Ali mahallasida mahalla arig’ini tozalash maqsadida hashar tashkil etildi

Bahor faslini yuqori kayfiyat va o’zgacha ruh bilan boshlagan mehnatkash xalqimiz hududlarni obodonlashtirish yo’lida astoydil harakat qilishayotir. Bugun qaysi hudud yo mahallaga bormang, albatta, ulkan obodonlashtirish ishlari ustidan chiqasiz.

Ha, bahorgi kayfiyat bilan ishlayotgan xalqimizning birdamlikda amalga oshirilayotan bunyodkorlik ishlari ertangi yaxshi kunlarga bo’lgan orzu-umidlaridan darak beradi. Bugun mahalallarda yurt obodligi yo’lida hasharlar tashkil etilmoqda.     

Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Subhonali Nishonovning so’zlariga ko’ra, har yili bahor kelishi bilan mahalla ahli ushbu hududdan o’tgan ariqni tozalash maqsadida hasharga chiqadilar. Bu yili ham mahalla raisi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi.

Mahalladan o’tgan ariq hududdagi mahallalar aholisi uchun xizmat qiladi. Bugun ham hasharga chiqgan 200 nafardan ortiqroq mahalla yoshlari mazkur ariqni tozalash uchun astoydil harakat qildilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram