Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYANI O’ZLASHTIRISH ISHLARI JADALLIK BILAN DAVOM ETMOQDA

×

 2023-03-01 18:28:51    50

PDF yuklash
Chop etish


Javpayani o’zlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda

Tumanimizning Qal'acha mahallasidagi Javpaya massivini o’zlashtirish ishlari ayni kunda jadallik bilan olib borilmoqda. Javpaya suv nasos stantsiyasida agregatlar ish tartibini nazoratga olgan mutaxassislarning ma'lumotiga ko’ra, yaqin kunlarda suv nasos stantsiyasi ishga tushadi.

- Javpayaning pastki qismidan yer maydoni olgan va issiqxona barpo etgan fuqarolar qo’llarida ketmon bilan dehqonchilik ishlarini boshlab yuborishdi;

- shirkat xo’jaliklariga biriktirib berilgan issiqxonalarda ham ish qizg’in. “Hushyor” shirkati raisi Alisher Karimov boshchiligidagi mazkur xo’jalik ishchilari yetishtirilayotgan hosilni o’z nazoratiga olishgan;

- Javpaya massivining yuqori qismida mutaxassislar tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni ishga tushirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda;

- Membrana suv hovuzini barpo etish ishlari ham bir maromda olib borilyapti;

- Javpaya suv nasos stantsiyasini suv bilan ta'minlash maqsadida suv to’plash inshooti barpo etish ishlari va daryo qirg’oqlarini mustahkamlashga qaratilgan amallar uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram