Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUQAROLARGA ARZON NARXLARDA PIYOZ MAHSULOTI YETKAZIB BERILMOQDA

×

 2023-01-31 17:38:25    43

PDF yuklash
Chop etish


Fuqarolarga arzon narxlarda piyoz mahsuloti yetkazib berilmoqda

Oxirgi kunlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari, ayniqsa, piyoz narxining keskin ko’tarilgani bevosita aholi o’rtasida ushbu mahsulotga talabni ham ko’paytirdi. Joylarda aholiga nisbatan sifatli va arzon narxda piyoz yetkazib berish bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi va bu yo’nalishda So’x tumanida ham amaliy ishlar qilinmoqda.

So’x tumanidagi 27 ta mahalla fuqarolar yig’inlariga So’x tumani hokimligi tomonidan 10 tonna piyoz mahsulot yetkazib berildi. Bevosita tuman markazida arzonlashtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari yarmarkasidan ham fuqarolarimiz ushbu mahsulotlarni xarid qilishmoqda.

Etkazib berilayotgan piyoz narxi bozor narxidan nisbatan arzon bo’lib, sotuvga chiqarilgan. Ma'lumot uchun: tumandagi savdo rastalaridagi piyozning bugungi narxi -  o’rtacha 10 500 so’mni tashkil etmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram