Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MEHRLIMIZ”

×

 2023-01-13 15:46:41    78

PDF yuklash
Chop etish


“MEHRLIMIZ”

        Azal-azaldan xalqimiz yoshi ulug’ insonlarni e'zozlab, ularga katta ehtirom ila hurmat ko’rsatib kelgan. Ayniqsa, tabarruk insonlarning holidan xabar olish, ularning og’irini yengil qilish va nasihatlariyu duolarini olish xalqimizga xos fazilatdir

        Inson qalbiga yo’l, mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi. Ming yillar davomida shakllangan mehr-oqibat, mehr-muruvvat tushunchalari asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma'naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir.

        Ayniqsa, turli bayram arafalarida yurtimizda ezgulikka muhtoj tashna qalblarga, yetim-esirlar va nogironligi bo’lgan fuqarolarga moddiy va ma'naviy yordam ko’rsatish hukumatimiz tomonidan yaxshi yo’lga qo’yilgan.

        Shu an'analarga monand ravishda, Yoshlar ishlari Agentligi So’x tumani bo’limi tashabbusi bilan “14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni” munosobati bilan “Mehrlimiz”aktsiyasi o’tkazilib, tumanda istiqomat qiluvchi yakka yolg’iz, ijtimoiy ximoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oila farzandlari, keksa faxriylar xolidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bo’lgan bayram sovg’alari tarqatilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram