Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUAYYAN YASHASH JOYIGA EGA BO’LMAGAN SHAXSLARNI REABILITATSIYA MARKAZIGA JOYLASHTIRISH TO’G’RISIDAGI ILTIMOSNOMALARNI KO’RIB CHIQISH VAKOLATINING JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUDLARGA O’TKAZILISHI – SUD-HUQUQ ISLOHOTLARINING TARKIBIY QISMI SIFATIDA

×

 2023-01-13 10:58:35    54

PDF yuklash
Chop etish


Muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risidagi iltimosnomalarni ko’rib chiqish vakolatining jinoyat ishlari bo’yicha sudlarga o’tkazilishi – sud-huquq islohotlarining tarkibiy qismi sifatida

        O’zbekiston Respublikasining 2022 yil 16 dekabrdagi "O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida" O’RQ-810-sonli Qonuni bilan Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi"ga o’zgartish va qo’shimchalar kiritilib, yangi XXIII2-bob bilan to’ldirildi.

        Qonunga muvofiq, Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risida ish yuritish tartibi kiritildi.

        Qonun bilan Ma'muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risidagi iltimosnomalarni ko’rib chiqishga doir normalarini Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga o’tkazish hamda tegishli ishlarni ko’rib chiqishni ma'muriy sudlardan jinoyat ishlari bo’yicha tuman, shahar sudlariga o’tkazish belgilandi.

        Unga ko’ra, Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risida ish yuritish tartibi kiritildi.

        Muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsning reabilitatsiya markaziga joylashtirilishini talab qiluvchi asoslar aniqlanganda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgandan e'tiboran 48 soatda uni reabilitatsiya markaziga 30 sutkadan ko’p bo’lmagan muddatga joylashtirish to’g’risida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart.

        Muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risidagi materiallar bunday shaxs aniqlangan yerdagi yoki reabilitatsiya markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi.

        Iltimosnoma taqdim etilgan paytdan e'tiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda ko’rib chiqiladi.

                  Sherzod Madumarov - Jinoyat ishlari bo’yicha So’x tuman sudining raisi

                  Mo’minmirzo Sidiqov - Jinoyat ishlari bo’yicha So’x tuman sudining devonxona mudiri



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram