Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT BILAN KURASHMOG’IMIZ LOZIM

×

 2022-12-09 13:46:59    69

PDF yuklash
Chop etish


Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmog’imiz lozim

Ayni kunda tumanimiz hududlarida ijtimoiy va ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida keng qamrovli ma'naviy-ma'rifiy tadbilar o’tkazilmoqda. Tul mahalla fuqarolar yig’inidagi 24-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tgan tadbir “Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzusida o’tkazildi.

Tadbirda din ishlari bo’yicha qo’mitaning So’x tumani vakili Tojiboy Dodoboyev, din vakillari, So’x tumani pedagogika kolleji o’qituvchi va o’quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida Tojiboy Dodoboyev so’z olib, mazkur ma'naviy tadbirlar tumanning barcha mahallalarda o’tkazilayotgani va bundan ko’zlangan asosiy maqsad aholi o’rtasida sog’lom muhitni shakllantirishdan iborat ekanligini qayd etdi.    

Tadbir davomida bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan tinchlik siyosati, inson qadrini ulug’lash, ayniqsa yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar va boshqa dolzarb mavzular to’g’risida fikr va takliflar bildirildi. Shuningdek so’zga chiqqanlar tomonidan yoshlarni yot g’oyalardan asrash, dinimizga zid bo’lgan yot qarashlar, ekstremistik va terroristik oqimlardan ehtiyot bo’lish zarurligi alohida ta'kidlab o’tildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga diniy ekstremizmni mahv etuvchi film namoyish etildi. Shuningdek, "Zo’ravonlikka qarshi 16 kun" kampaniyasi doirasida namoyish etilgan film yig’ilganlarda yaxshi taassurot qodirdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram