Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SARIKANDA MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA BOSHLANGAN OBODONLASHTIRISH ISHLARI O’ZINING MANTIQIY DAVOMINI TOPMOQDA

×

 2022-11-30 17:32:00    122

PDF yuklash
Chop etish


Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida boshlangan obodonlashtirish ishlari o’zining mantiqiy davomini topmoqda

So’x tumanidagi mahalla fuqarolar yig’inlarida ayni kunda hududlarni obodonlashtirish maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini hududida ham mana shunday xayrli ishlar o’zining mantiqiy davomini topmoqda.

Mahalla raisi Bahodur Safoyevning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, bu yili mahalla hududida ichimlik suvi ta'minotini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi va agar qurilayotgan suv ombori ishga tushirilsa, mahalla ahli ichimlik suvi bilan ta'minlanadi. Shuningdek, “Anorbog’” ko’chasida ham betonlashtirish ishlari olib borildi.

- O’tgan yili mahallamizning “Baliqchi” ko’chasida ham ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida tarmoq tortildi. Qariyb hamma xonadonlarga ichimlik suvi tarmog’i tortilgan. Mahallaning mazkur ko’chasidagi ahvol bo’yicha fuqarolarimiz bir necha marotaba tuman hokimiga ham murojaat etishgan. Mana bugun berilayotgan e'tibor tufayli mazkur ko’chada ham asfaltlashtirish ishlari olib borilyapti. Albatta, bunday amallar va xayrli ishlar fuqarolarning roziligiga sabab bo’ladi, - deydi mahalla raisi.

Ayni kunda mazkur ko’chaning asosiy qismi – 450 metrdagi masofa to’liq asfaltlashtirilmoqda. Ma'lumot o’rnida: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25 oktyabr 2022 yildagi 408-sonli “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori asosida tuzilgan manzilli dastur asosida Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inidagi salkam 9 kilometr masofadagi ichki yo’llar ta'mirlanishi belgilab qo’yilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram