Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYYOR QABULDA BILDIRILGAN MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

×

 2022-11-07 16:53:58    45

PDF yuklash
Chop etish


Aholi bilan o’tkazilayotgan uchrashuv va suhbatlar, tashkil etilayotgan sayyor qabullar fuqarolar muammo va kamchiliklarini yechish va bartaraf etilishida asosiy omil bo’lib xizmat qilayotir. Qal'acha mahallasida bo’lib o’tgan sayyor qabulda ham ko’p masalalar o’z yechimni topdi va berilgan topshiriqlarning ijrosi qabuldan so’ng ham ta'minlanayotir.

Avval xabar berganimizdek, mazkur mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan sayyor qabuldagi ko’p murojaatlar ham ijobiy hal etilgan edi. Ayni dam o’tgan sayyor qabulda qilingan yana bir murojaat hal etildi.

Mahalla raisining bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, sayyor qabulda bildirilgan yana bir muammo – mahallaning ichki ko’chalariga temir-beton tayanchlar o’rnatilishi yuzasidan qilingan murojaat hal etildi. Tuman hokimi ko’rsatmasiga asosan tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan mahallaga 25 dona temir-beton tayanchlar yetkazib berildi.

- YEtkazib berilgan tayanchlar mahallaning “Mehnatkash”, “Objuvoz” va “Qal'acha” ko’chalariga o’rnatiladi. Berilgan e'tibor va muammoning hal etilishida ko’mak bergan tuman hokimi va tuman ETK korxonasi rahbariga aholi nomidan minnatdorchilik bildiramiz, - deydi Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini raisi Fayoziddin Tojiddinov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram