Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN FAVQULODDA VAZIYATLAR BO’LIMI XODIMLARI TOMONIDAN AMALIY TADBIR O’TKAZILDI

×

 2022-09-05 16:50:14    59

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining o’ttiz bir yillik bayramini ko’tarinkilik bilan o’tkazgan So’x tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari ham ayni kunda o’z vazifalarini sidqidildan bajarish maqsadida astoydil harakat qilishayotir.

Mazkur idora xodimlari tomonidan bayramni ko’tarinkilik bilan o’tkazish maqsadida tashkil etilgan tadbir ham ayni tarixiy sanalarda yuzaga keladigan turli ehtimoliy favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Rejadagi navbatdagi tadbir ham fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga qaratildi. Sohibkor mahallasidagi bayram tadbiri o’tkaziladigan maskan tuzilgan yong’in o’chirish tezkor vakillari va 16-YoQQ navbatchi smenalari shaxsiy tarkibi bilan amalda o’rganib chiqildi, hamda inspektorlar tomonidan profilaktik o’rganishlar davomida maskandagi yong’inga qarshi suv hovuzlari, kirib - chiqish yo’llarining sun'iy to’siqlar bilan to’sib qo’yilmaganligi, maskanning 150 metr atrofidagi aholi yashash xonadonlaridagi fuqarolar bilan favqulodda xolatlarni oldini olish va yong’in xavfsizligini ta'minlash bo’yicha profilaktik tekshiruvlar olib borilib, maxsus daftarlarga imzo qo’yish yo’li orqali qayd etildi.

Shuningdek, mazkur idora xodimlari tomonidan tanlangan hududning xonadonlarida bo’lib, aholi bilan favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo’yicha targ’ibot-tashviqot amallari o’tkazildi. Fuqarolarga yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda harakatlanish qoidalari o’rganildi.

Sohibkor mahallasida bo’lib o’tgan uchrashuvda tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari o’tkazilgan tadbirni sarhisob qildilar. Tadbirni o’tkazilishida amaliy kumak ko’rsatgan mahalla fuqarolar yig’ini xodimlariga minnatdorchilik bildirildi.  

Uchrashuv davomida o’z xizmat vazifasini vijdonan bajarib kelayotgan va yaxshi natijalarga erishgan xodimlar, tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi rahbariyati, So’x tumani FVB zobitlari faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limida uzoq yillar xizmat qilib, nafaqaga chiqqan xodimlarning holidan xabar olindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram