Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANDA YANGI DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI QURILMOQDA

×

 2021-09-13 14:01:13    73

PDF yuklash
Chop etish


        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi 4798-sonli karori asosida qabul qilingan Dasturning 1-ilovasiga muvofiq tumanimizning hududida 180 o’ringa mo’ljallangan qo’shma tipdagi (4 ta guruh umumiy tipdagi (120 o’rin) va 4ta guruh aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun (60 o’rin) mo’ljallangan) davlat maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish ko’rsatib o’tilgan.

        Mazkur inshoot Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inidagi 4-sonli davlat MTM hududiga qurilmoqda.

        Qurilish ishlariga davlat tomonidan 7 milliard 200 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.

        - Albatta, bunday e'tibor zamirida bolalarimiz, farzandlarimiz manfaati mujassam. Biz doim quruvchilar bilan birgamiz va qurilish ishlari jarayoni mahallada tashkil etilgan jamoatchilik nazorati komissiyasining diqqat va e'tiborida, - deydi mahalla raisi S. Nishonov.

        Qurilish ishlari “Invest jahon qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilyapti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram