Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI JURNALIST VA BLOGERLAR SAVOLLARIGA JAVOB BERDI

×

 2021-09-04 14:03:51    91

PDF yuklash
Chop etish


        Bugun tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Tadbirda tumanda faoliyat olib borayotgan barcha OAV vakillari, blogerlar, jumladan, So’x TV jamoasi, "Sadoi So’x" bosh muharriri, mustaqil va ijtimoiy tarmoqlarda faol bo’lgan blogerlar ishtirok etishdi.

     Aytish mumkinki, mazkur matbuot anjumani tumanda ilk marotaba o’tkazildi va quvonarlisi, bahs-munozaralarga boy o’tdi va maroqli bo’ldi. Tuman hokimiga mahalliy OAV xodimlari, mustaqil blogerlardan tashqari, Farg’ona viloyatida o’z o’rniga ega bo’lgan jurnalistlar, rasmiy saytlar namoyondalari, hatto tadlbirkorlar va jurnalist-blogerlar o’z savollariga javoblar olishdi.

        Salkam uch soat davom etgan anjumandan xulosa shuki, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tuman hokimi va oddiy bir fuqaro sitfatida barcha ijtmioiy tarmoq vakillari va OAV vositalari xodimlari bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor.

        - Biz agar birlashsak, bir-birimizga yordam berib, do’stona munosabatda bo’lsak, oldimizdagi vazifalarni ijro etishga erishamiz, eng asosiysi, xalqimizni qiynayotgan muammo va kamchliklarni bartaraf etishga kuch topa olamiz.

        Matbuot anjumanidan yozib olingan to’liq videolavhani yaqin soatlarda Sizning diqqatingizga havola etamiz. Darvoqe, matbuot anjumanida javobsiz qolgan savollarga kanalimiz orqali tuman hokimi javoblarini intervyu-videolavha sifatida yoritib borishga astoydil harakat qilamiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati  


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram