Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HOKIM STIPENDIYASI” G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

×

 2021-04-14 17:47:57    57

PDF yuklash
Chop etish


     So’x tumani hokimining 2021 yil 24 fevraldagi 51-sonli qaroriga asosan yoshlarni bilim saviyasini oshirish, eng asosiysi ularni raqobatbardosh kadrlar bo’lib yetishishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida tumanimiz ta'lim muassasalarining yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida “Hokim stipendiyasi” tanlovi tashkil etilgan. Tuman madaniyat bo’limining majlislar zalida “Hokim stipendiyasi” g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

        O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi tuman bo’limi boshlig’i Ravshanjon Komilovning ma'lumotiga ko’ra, ushbu tanlovda tumandagi barcha ta'lim muassasalari o’quvchilari ishtirok etishdi. Tanlovning yakuniy bosqichida 32 nafar o’quvchilar 5-ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar. Natijada 5 nafar o’quvchilar tanlovning mutloq g’olibi deb topildi. Taqdirlash marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi va barcha g’oliblarni tabrikladi.

        Tadbir yakunida “Hokim stipendiyasi” sovrindorlari – 2-sonli UO’T maktabi o’quvchisi Asadbek Sultonboyev, 5-sonli maktab o’quvchisi Nilufar Niholjonova, 7-sonli UO’T maktabidan Shukrullo Sheraliyev, 11-sonli maktab o’quvchisi Isojon A'zamov va 1-sonli IDUM o’quvchisi Diyora Mo’'minjonovalarga tuman hokimi tomonidan sertifikatlar va 300 ming so’m miqdoridagi pul mablag’lari taqdim etildi. G’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilar yana ikki oy 300 000 so’m miqdordagi “Hokim stipendiyasi”ni olishga muvaffaq bo’lishadi. Tumanda bunday tanlovlar an'anaviy o’tkazilishi bo’yicha rejalar tuzildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati     


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram