Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILMOQDA

×

 2021-04-13 17:12:49    84

PDF yuklash
Chop etish


     Barchamizga ma'lumki, Oftobru mahallasi ham “qizil hudud”dagi mahalla bo’lib, ayni kunda bu hududda tasdiqlangan “Yo’l xaritasi” bo’yicha obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bugun Oftobruda bo’lib, mahalla raisi bilan uchrashdi va mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan so’hbatlashdi. Mahalla raisining ma'lumotiga ko’ra, mahallada ayni kunda tuman elektr tarmoqlari korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan elektr energiyasi ta'minotidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mahallada temir beton tayanchlar o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Shu kungacha mahallada 50 dona temir beton tayanchlar o’rnatildi.

     Shuningdek, mahallada suv ta'minoti tanqisligi bois, ushbu yo’nalishda ham mahalla ahli hashar yo’li bilan ancha mehnat qilishgan. Mahalla ahli kuchi bilan Oftobruning “Pastki mahalasida” hajmi 4 tonnalik suv inshooti qurilgan va ayni kunda ushbu inshoot mutaxassislar tomonidan sinovdan o’tkazilmoqda. Agar ushbu hashar yo’li bilan qurilgan suv minorasi sinovlardan muvaffaqiyatli o’tsa, bu kabi inshoot boshqa guzarlarda ham bunyod etilishi rejalashtirilgan. Mahallada yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish bo’yicha ham sektor “boshqaruv ofisi” va mutasaddiy idoralar vakillari tomonidan o’rganish ishlari olib borilayapti. Mahallada yangi ekobozor tashkil etildi va yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram