Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

E’TIBOR

×

 2021-01-14 19:42:35    68

PDF yuklash
Chop etish


ETIBOR

         Vatan himoyachilari kuni maftunkor tabiati bilan barchani o'ziga rom etgan go'zal Sux tumanida ham keng nishonlandi. Ushbu ulug' ayyomda tuman hokimligi tomonidan Vatanimiz himoyasi yo'lida jonbozlik ko'rsatgan  fuqarolarimiz yanada qadrlanib, ularga g'amxo'rlik ko'rsatildi. Bayram sovg'alari topshirildi.

         Tuman hokimi  Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman prokurori Farhodjon Abduvaliyev, tuman soliq inspektsiyasi boshlig'i Faridjon Turaboyev, boshqa mutasaddi idoralar vakillari, tumanimizda joylashgan harbiy qismlar askar va zobitlari Lenbur mahallasida bo'lib, Vatan himoyasi yo'lida o'z jonini fido qilgan yurt o'g'loni – Xayriddin Xolboyev xonadonida bo'ldilar. Xayriddin Xolboyevning ota onasi – Shodiboy va Gulsunbi Xolboyevlarga Farg'ona viloyati hokimining esdalik va qimmatbaho sovg'alari topshirildi. Shuningdek, Xayriddin Xolboyevning oilasiga tuman hokimligi, mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, 12494 harbiy qism va tuman mudofaa bo'limi tomonidan ham qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati