Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Faxriylarimiz eʼzozda

×

 2020-05-25 10:42:41    108

PDF yuklash
Chop etish


Faxriylarimiz eʼzozda

         Mirzojon Xo’jamov. Bu nom barcha Sux tumanida aholisiga tanish desak, aslo mubolagʼa qilmagan bo’lamiz. Domullo Mirzojon Xo’jamov butun umrini taʼlim-tarbiya sohasiga, maktab ishiga bagʼishlagan fidoiy insonlardan. Oddiy o’qituvchilikdan maktab direktorligi, taʼlim sohasi rahbarligigacha ko’tarilgan Mirzojon Xo’jamov bugun farzandlari va shogirdlari eʼzozi, eʼtiborida. Muborak yuz yoshga yaqinlashgan Mirzojon-domlani ziyorat qilish, faxriy o’qituvchini muborak Ramazon Hayiti bilan tabriklash maqsadida Chumoqcha mahalla fuqarolar yigʼinida joylashgan Xo’jamovlar oilasiga tuman hokimi Farrux Usarov, tuman davlat xavfsizligi bo’limi boshligʼi А. Mahmudov va boshqa mutasaddiy idoralar vakillari tashrif buyurib, domla bilan samimiy so’hbatlashdi. Domlaga shogirdlari nomidan oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

         Darhaqiqat, Vatan ravnaqi va yuksalishiga hissa qo’shgan insonlarning doimiy eʼtibor-eʼzozda bo’lishlari bu insonlarga bo’lgan yuksak ehtirom nishonasidir. “Padari buzurgvorimizga nisbatan bo’lgan bunday eʼtibor va ehtirom uchun oila aʼzolarimiz nomidan samimiy minnatdorchilik bildiramiz” – deydi domlaning izidan borgan farzandi Ulugʼbek Xo’jamov.

                  Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati